IslomDini - Islomiy videolar manzili

IslomDini - Islomiy videolar manzili

IslomDini kanalida aqidaviy, tarbiyaviy, fiqhiy mavzudagi videolarni tomosha qiling.

UPLOADED VIDEOS

  • 2
    Aroq Ichish Va Ichirish Illati - Shayx Obidxon Qori, Uzbek 10:59

    Aroq Ichish Va Ichirish Illati - Shayx Obidxon Qori, Uzbek

    by IslomDini (11/6/09) 137 views

    Ushbu ma'ruza shayxning Toshkentdagi masjidlardan biridagi Juma xutbalaridan ajratib olindi. Aroq ichish va ichirish illati o'zbek xalqiga va musulmonlarga xos bir odat emasdir! O'zbeklarning ota-bobolari bunday xarom bir ishni qilishmagan. To'ylarda aroq qo'yish yoki aroq qo'yilmagan to'y egasini malomat qilishlik bu juda ablaxlikdir. Shayx Obidxon qorining "Urf odatlar va bid'atlar haqidagi" Juma xutbalaridan parcha. To'liq ma'ruzani islomdini.blip.tv sahifasiga qo'yamiz.

  • 3
    Nashida: Nega Islom Ko'rinmaydi Musulmonlar Diyorida?, Uzbek 05:03

    Nashida: Nega Islom Ko'rinmaydi Musulmonlar Diyorida?, Uzbek

    by IslomDini (10/30/09) 683 views

    Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar bozorida? Ahli ilm qutulmaydi, doim kufr ozorida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi? Nima yetmas bizga o'zi? E'tibori bo'lmadimu maxluqqa Xoliqning so'zi? Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. "Nega Islom ko'rinmaydi?",- yig'lar osmon, yig'laydi yer, "Yakson aylay, Sen izn ber. Ne bo'ldi bu insonga?", - der. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Nega Islom ko'rinmaydi musulmonlar diyorida? Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida. Musiqasiq islomiy qo'shiq. O'zbek tilida.

  • 4
    2. Tahorat Olish Tartibi Tahorat Va Namoz Darslari, Uzbek 06:56

    2. Tahorat Olish Tartibi Tahorat Va Namoz Darslari, Uzbek

    by IslomDini (10/29/09) 345 views

    Tahorat (vuzu) Ey iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo‘lsalaringiz, yuzlaringizni va qo‘llaringizni chig‘anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mas'h tortinglar va oyoqlaringizni to‘piqlari ila yuvinglar. (Al-Moida surasi 5:6) Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki,  "Alloh tahorati buzilan kimsaning namozini  qabul qilmaydi, agar u yana tahorat olmasa."   (Buxoriy va Muslim rivoyati) Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki, "Jannatning kaliti namozdir. Namozning kaliti esa tahoratdir." (Termiziy rivoyati) Rasululloh s.a.v. dedilarki, "Amallar savobi niyyatga bog'liqdir va kishi niyyatiga qarab mukofot oladi." (Buxoriy va Muslim rivoyati) "Bismillah"  deb boshlash Tahoratni boshlashdan oldin Rasululloh s.a.v., "Allohning ismi bilan (boshlayman)", der edilar. (Abu Davud, Ahmad, Ibn Maaja rivoyati) Qaytaring: "Bis-mil-laah". Qo'llarni yuvish Muhammad s.a.v. qo'llariga suv quydilar  va uch marta yuvdilar...  (Buxoriy rivoyati) Og'izchi chayish ...so'ng u (s.a.v.) og'izlarini uch marta chaydilar... (Buxoriy rivoyati) Burunni chayish ...so'ng u (s.a.v.) uch marta o'ng qo'llari bilan burunlariga suv oldilar va chap qo'llari bilan qoqib chiqardilar... (Ahmad va Nasaiy rivoyati) Yuzni yuvish ...so'ng u (s.a.v.) yuzlarini uch marta yuvdilar... (Buxoriy rivoyati) Soqolni yuvish Payg'ambar Muhammad s.a.v (nam) qo'llarini soqollari orasidan o'tkazar edilar. (Ibn Maaja, Termiziy rivoyati) Bilaklarni yuvish ...so'ng u (s.a.v.) o'ng qo'llariga bir hovuch suv oldilar va o'ng bilaklarini yuvdilar. Keyin chap qo'llariga suv oldilar va chap bilaklarini yuvdialar... (Buxoriy) Boshga mas'h tortish ...so'ng u (s.a.v.) boshlariga mas'h tortdilar. Hamda ko'rsatkich barmoqlarini quloqlari ichiga kiritdilar va bosh barmoqlari bilan quloqlari orqasini artdilar... (Abu Davud, Ibn Maaja) Oyoqlarni yuvish ...va u (s.a.v.)  oyoqlarining to'piqlarigacha bo'lgan qismini uch marta yuvdilar... (Buxoriy rivoyati)  Payg'ambar Muhammad s.a.v. tahorat olganlarida oyoq uchlari orasiga kichik barmoqlari bilan suv o'tkazar edilar. (Abu Davud, Termiziy, Ibn Maaja rivoyati) Tahorat duosi Rasululloh s.a.v. dedilar, 'Agar kim tahoratni mukammal olganidan so'ng "Shohidmanki Allohdan o'zga iloh yo'qdir. U yagonadir - sherigi yo'qdir. Muhammad Uning quli va elchisidir." desa, Jannatning 8 darvozasi u uchun ochiladi va u xohlaganidan kiradi.' (Muslim rivoyati) Yod oling: "Ash-hadu an laa ilaha ill-Allaah, wahdahu la sharika lah wa ash-hadu anna Muhammadan abduhu wa Rasuluh" Xulosa 1. Niyyat qiling va "Bismillah" deng. 2. Qo'llarni yuving. 3. Og'izni chaying. 4. Burunni chaying. 5. Yuzni yuving. 6. Soqolni yuving. 7. Bilaklarni yuving. 8. Boshga mas'h torting. 9. Va oyoqlarni yuving Tahorat haqida umumiy nuqtalar Suvdan foydalanish Payg'ambar Muhammad s.a.v. atigi ikki hovuch  suv bilan to'liq tahorat olar edilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati)  Tishlarni tozalash Payg'ambar Muhammad s.a.v. dedilar, "Ummatimga qiyin bo'lmaganida edi, ularga har namozdan oldin misvoq ishlatishni buyurgan bo'lar edim." (Muslim rivoyati) O'ng tomondan boshlash Payg'ambar Muhammad s.a.v. tahorat olganda o'ng tomondan boshlashni yaxshi ko'rganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyati) Har qismni yuvish Payg'ambar Muhammad s.a.v. tahorat olganda har bir qismni bir, ikki yoki uch martadan yuvar edilar. Faqat boshga bir marta mas'h tortar edilar. (Buxoriy rivoyati)

  • 5
    Alloh Taolo Qayerda? - Shayx Abduvali Qori, Uzbek 07:06

    Alloh Taolo Qayerda? - Shayx Abduvali Qori, Uzbek

    by IslomDini (10/18/09) 344 views

    Alloh taoloning sifatlari, Allohning qandayligi, qayerdaligi, nima qilishi haqidagi ta'riflarini biz Qur'on va Sahih hadislardagi bilimlardan o'rganamiz. Ana shu bilimlarni qanday to'g'ri o'rganish va ular asosida huddi Payg'ambarimiz s.a.v. sahobalarga o'rgatgani kabi va sahobalar bizlarga o'rgatgani kabi to'g'ri Islomiy e'tiqod xosil qilish juda muhimdir. Chunki tarixda ko'p adashgan firqalar Allohning sifatlari va ta'riflari haqida ko'p noto'g'ri e'tiqodlar yo'liga kirib ketdilar va ba'zilari hatto kofir bo'lib dindan chiqib ketdilar. Allohim bizlarni ular kabi zalolatga ketishdan asrasin. IslomDini Loyihasi. http://islomdini.com

  • 6
    1. Islomda Tozalik Tahorat Darslari 01:54

    1. Islomda Tozalik Tahorat Darslari

    by IslomDini (10/18/09) 64 views

    Alloh hidoyatini qabul qilib Jannat yo'lini tanlab, bu dunyoda iymon, tahorat va namoz bilan yashnamoqni niyyat qilganlar uchun "Tahorat va Namozdan" boshlang'ich darslarimizni taqdim etamiz. Ushbu darslar Avstraliyalik musulmonlar tomonidan tayyorlangan bo'lib, o'zbek tiliga IslomDini loyihasida ost-yozuvli tarjima qilindi. Bu inglizcha o'rganmoqchi bo'lgan musulmonlar uchun ham ancha foydali bo'ladi deb umid qilamiz. Birinchi dars har bir musulmon amal qilishi kerak bo'lgan eng sodda shaxsiy gigiyena qoidalari haqida. Darsimiz davomida va umuman IslomDini loyihasi darslarida bu mavzularga hali yana ko'p qaytib kelamiz. Tushunmagan savollar bo'lsa va video qo'llanma sifati haqida tanbeh-shikoyatlar bo'lsa, bemalol biz bilan bog'laning. IslomDini Loyihasi, 1430-yil. http://islomdini.com

  • 7
    Amerikada Azon Chaqirish (Dearborn, Michigan, USA) 01:48

    Amerikada Azon Chaqirish (Dearborn, Michigan, USA)

    by IslomDini (9/5/09) 142 views

    Amerika Qo'shma Shtatlarida faqatgina bir shaharda masjiddan azon qattiq ovoz bilan chaqiriladi. Michigan shtatining Dirborn (Dearborn) shahrida Musulmonlar eng ko'p yashaydilar. Bu yerda bir necha masjidlar, islomiy halol oshxonalar va islomiy maktablar bor. Dix Dearborn masjidida azon kuniga 4 mahal baland ovozda butun mahallaga eshittirib chaqiriladi. Hozircha faqat bomdod namozi past ovozda bo'ladi. Dix mahallasidagi musulmonlar asosan Yamandan ko'chib kelganlar bo'lib, ayollari hijob va niqobda yurishadi. Dix Dearborn masjidi avval shiya masjid bo'lib tashkil qilingan, keyin sunniylar boshqaruviga o'tgan. Video asli: http://www.youtube.com/watch?v=cOzhgeGX8BM "Musulmon Ummat" rukni. "IslomDini" loyihasi. http://www.islomdini.com

  • 8
    The Ultimate Justice of Jesus Being Crucified 06:34

    The Ultimate Justice of Jesus Being Crucified

    by IslomDini (9/5/09) 114 views

    The Father sacrificed His "only Son" for the sins of folks. The innocent "Son" was murdered so that sinners can do whatever and get away with it. Where is the Justice? Does the Father have to do this in order to forgive people? Can not the Almighty just forgive people without this ugly ceremony? What usually happens in life is: Mother or father sacrifice themselves to save the child. But, in Christian dogma it is the other way around. Father throws his child into death in order to achieve what he wants. In Islam: Muslims do not believe that Jesus the Messenger from God was crucified. Quraan says: And because of their saying (in boast), "We killed Messiah 'Iesa (Jesus), son of Maryam (Mary), the Messenger of Allah," - but they killed him not, nor crucified him, but the resemblance of 'Iesa (Jesus) was put over another man (and they killed that man), and those who differ therein are full of doubts. They have no (certain) knowledge, they follow nothing but conjecture. For surely; they killed him not [i.e. 'Iesa (Jesus), son of Maryam (Mary) ] (An-Nisa 4:157)

  • 9
    Shaytonlar Zanjirlangan Oy Fazilatli Ramazon - Obid Qori 10:58

    Shaytonlar Zanjirlangan Oy Fazilatli Ramazon - Obid Qori

    by IslomDini (9/4/09) 202 views

    Birinchi hadis sharhining 2-qism. Abu Hurayra r.anhudan rivoyat. Rasululloh s.a.v. aytdilar: "Ramazon oyi kirsa, osmon eshiklari ochib qo'yiladi, Jahannam eshiklari yopib tashlanadi, shaytonlar zanjirband qilinadi." (Imom Buxori va Imom Muslim) Ushbu ikkinchi qismda ustoz Obidxon qori Ramazon oyida Jahannam darvozalari ham yopib qo'yilishi va shaytonlar zanjirlanishi haqida sharhlar beradilar. Jahannam eshiklari yopilgan Ramazon oyida gunoh ishlar bir muncha kamayadi. Gunoh ishlarga o'rganib qolgan kishilar esa birdaniga ro'za tutadigan, namoz o'qiydigan va hatto taroveh kabi nafl namozlarni ham o'qiydigan bo'lib qoladilar. Ushbu hadis bizlarga Jannat va Jahannam hozirdan ham tayyor bor ekanligini bildiradi. Jannat va Jahannam faqat Qiyomat kunidan keyin paydo bo'ladi degan gaplar yolg'onligini ko'rsatadi. Yana ushbu hadis gunohlar sodir bo'lishiga sabab faqat shaytonlar emasligiga ham ishora qiladi. Ya'ni shaytonlar zanjirlangan bo'lsa ham, insonning nafsi va yomon odatlari baribir Ramazonda ham gunohlar qilishga undaydi. Shunday ekan, Ramazonda gunoh qilganlar bilsinlarki, bu gunoh ularning to'ppa-to'g'ri o'zlarining ayblari tufayli bo'lmoqda. Vallohu a'lam.

  • 10
    Muqaddima Fazilatli Ramazon - Shayx Obidxon Qori, Uzbek 06:48

    Muqaddima Fazilatli Ramazon - Shayx Obidxon Qori, Uzbek

    by IslomDini (8/30/09) 252 views

    Alloh taolo bizga Ramazon oyida Qur'onni nozil qildi va bu oyni bizga muqaddas ro'za tutish oyi qilib belgiladi. Ushbu muqaddas oyda ustoz Obidxon qori bizlarga Ramazon va undagi ibodatlarning fazilatlari va mohiyati bilan bog'liq hadislardan dars beradilar. Ramazon muborak bo'lsin, aziz musulmonlar! Fazilatli Ramazon dasturiga muqaddima. Shayx Obidxon qori. (c) IslomOvozi.com; 1429-yil h. Tushirma (download): http://islomdini.com ; IslomDini loyihasi videolarini telefonga tushirib olish uchun info@islomdini.com manziliga xat yozing.

  • Load More