Paypoqqa Mas'h Tortish Masalasida Ixtiloflar - Shayx Obid Qor...

  • Share
    Share Video

  • Add
  • More
    Report this video as:
0 0
You have already voted for this video.
Savol: Domla, mening ba'zi xatlarimga javob bermadingiz. Mayli, men Sizdan roziman. Yana savolim bor. Siz p...
Savol: Domla, mening ba'zi xatlarimga javob bermadingiz. Mayli, men Sizdan roziman. Yana savolim bor. Siz paypoqqa mas'h tortish masalasiga hadislar asosida ruxsat berilganini aytgansiz. Lekin shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bu masalada ruxsat yo'qligini aytganlar? Kimning javobiga amal qilay? Hurmat bilan Mirabbos. Javob: Bizga kelgan savollarning ko'pligi, vaqtimizning esa cheklanganligi tufayli, afsuski, ularning hammasiga ham o'z vaqtida javob qila olmayapmiz. Sizning “mening ba'zi xatlarimga javob bermadingiz” degan so'zingiz sabab, savollariga javob olmagan birodarlardan uzr so'rayman. Biz javob berishda hujjat va dalillarni zikr qilib o'tirmasdan, o'zimizning so'zimiz yoki fikrimiz bilan gapirishga odat qilganimizda edi, balki ko'p savollarga allaqachon javob berib yuborgan bo'lar edik. Ammo bu uslub to'g'ri bo'lmaydi, vallohu a'lam. Biz savolga javob tayyorlashda aniq hujjat va dalillarga asoslanishga harakat qilamiz. To dalil-hujjatlarini aniq bilmagunimizcha mavzuga kirishmaymiz. Bizga yuborilgan savollarning javoblari kechikadigan bo'lsa, o'ylaymanki, odamlar boshqa manbalarga murojaat qiladilar. Bu biz uchun ham yaxshi imkoniyat. Siz ham mendan javob olmagan savollaringizga boshqa insonlardan javob olasiz deb umid qilaman. Alhamdulillohkim, dunyoda ahli ilmlar va ulamolar ko'p. Biz yuqorida dalil-hujjatlar haqida gapirdik. Biz suyanadigan dalillar Qur'on oyatlari, sahih hadislar va salaf fuqaholarning fatvolaridir. Biz javob berishda mana shu uchta manbani barobar, ya'ni ketma-ket zikr qilishga harakat qilamiz. Fiqhiy masalalar va hadislarni muvofiqlashtirgan holda so'zlaymiz. Zero, fiqh Qur'on oyatlari va hadislar asosida paydo bo'lgan. Fiqh hech qachon oyat va hadislarsiz mavjud bo'lmaydi. Shuning uchun biz oyat-hadislarni ham, yurtimizda va dunyoda keng tarqalgan hanafiy mazhab ulamolarining fatvolarini ham keltiramiz. Shu bilan bir qatorda hozirgi zamon ulamolari, mashhur ilmiy muaassasalar va fatvo hay'atlarining fikrlarini zikr qilamiz. Chunki Islom bilimlari faqat bitta mazhab bilan cheklanmaydi. Islom deganda yagona Ahli sunnaning faqat bir mazhabi tushunilmaydi. Hanafiy ulamolarning kitoblarida ham boshqa mazhab ulamolarining fikrlari juda ko'p o'rinda hurmat bilan tilga olinadi. Bu odat bugungi ilm toliblari uchun ham chiroyli ibratdir. Musulmon inson ilm va tafakkur doirasi keng, tasavvur va tushunchalari boy odamdir. U taassubdan xoli, haqiqatni sevadigan, o'zgalar fikrini hurmat qiladigan insofli odam bo'ladi. Sizning “paypoqqa mash tortish masalasiga hadislar asosida ruxsat berilganini aytgansiz” degan so'zingizga kelsak, bu masalada men xujjatni fiqh kitoblaridan keltirgan edim. (Al-Mabsut, Badoe' as-Sanoe'). Sizning yodingizda esa u kitoblarning nomi emas, faqat hadislar qolgan ekan. Mayli, bu ham yaxshi. Biz zikr qilgan o'sha hadislarni bizdan avval – Alloh rahmat qilsin – hanafiy ulamolar keltirishgan va biz ulardan oldik. Sizning: “Lekin shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bu masalada ruxsat yo'qligini aytganlar? Kimning javobiga amal qilay?” deb so'ragan savolingizga javobim shuki: siz bemalol shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining so'zlariga amal qilavering, xato qilmagan bo'lasiz. Chunki paypoqqa mash tormasangiz, ixtilofdan xoli bo'lasiz. Har ikki qavl ham fiqh kitoblarida mavjud…
Categories:
Related